Diego Simeone: “Shunday futbolchilarni dunyoga keltirgan onalarga rahmat”

Narzulla Saydullayev
1 may 2014, 10:24
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone “Chelsi”ga qarshi o'tkazilgan yarim finalning javob uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Hozir o'zimni juda yaxshi xis qilyapman. Bugungi o'tkazgan o'yinimizdan to'liq qoniqish xosil qildim. O'yin biz istaganchalik chiqishi uchun juda ko'p mehnat qilishimiz kerak. Amalda shunday ham bo'ldi.

Buning uchun shunday futbolchilarni dunyoga keltirgan onalarga minnatdorchilik bildiraman. Ular haqiqiy erkaklarni dunyoga keltirishgan. Shuningdek, mening manzilimga juda iliq fikrlarni yo'llagan Mourinyoga ham rahmat. U mehnatkash va ajoyib murabbiy.

Bugungi g'alabani unutib, ertadan “Levante”ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Finalni bayram qilishga hozir vaqt yo'q. Endi Ispaniya chempionligi haqida bosh qotirishimiz kerak, – deydi Simeone.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com