Diego Simeone: Realga qarshi kurashganimizdan faxrlanaman

Narzulla Saydullayev
23 apr 2015, 10:00
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone YCHL chorak finali doirasidagi Realga qarshi o'yindan so'ng (0:1) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Realga qarshi o'yinimiz bilan faxrlanaman. Jamoamda haqiqiy erkaklar o'ynashadi.

O'yin vaqtida kurashish kerakligini o'rgatishgan. Agar jamoaga bor kuching bilan yordam bersang uyga boshingni tik ko'tarib ketasan.

Yomon narsalar haqida o'ylayotganim yo'q. Menda shunday futbolchilar borligiga havas qiladigan murabbiylar talaygina.

Turanning qizil kartochkasini muhokama qilishdan foyda yo'q, sababi bu hech nimani o'zgartirmaydi.

Futbolchilarim hujumlarni yakunlay olishmadi, – deydi Simeone.

Narzulla SaydullayevMuallif