Diego Simeone: "Kurtua har doimgidek ishonchli o'yinadi"

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2014, 12:02
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Vaoensiya"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) qo'z fmkrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Valensiya" ko'p vaqtini hujumda o'tkazdi. Biz esa munosib ravishda himoyalandik. Katta kuch sarfladik va natijaga erishdik. Endi jamoalarning imkoniyati 50ga 50. 

Haqiqatdan ham goldan keyin "Valensiya"da yana 2-3ta golli vaziyat bo'ldi. Biroq darvozabon bizni qutqarib qoldi. Kurtua har diomgidek ajoyib va ishonchli o'yin o'tkazdi. Shuningdek Raul Garsiya ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi.

Futbolchilarim har bir turnirda bor kuchlari bilan harakat qilishayotganidan faxrlanaman.

"Valensiya"ga keladigan bo'lsak, uchinchi o'rin uchun kurasha oladigan ajoyib jamoa deb bilan ularni", dedi Simeone.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru