Diego Simeone Italiyadan kimga muxlislik qilishini aytdi

Alisher
15 mar 2022, 16:55
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Italiya chempionatidan qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi.

"Skudetto - yaxshi chaqiriq, "Yuventus" taslim bo'lmaydi, shuningdek "Inter", "Milan" va "Napoli" bor. Shaxsan men "Inter" uchun yana bir titulni ko'rishdan mamnun bo'lardim", - deydi Simeone.

Simeone futbolchi sifatida 1997-1999 yillarda "Inter" tarkibida o'ynagan.

Milan klubi 59 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sempreinter.com