Diego Simeone: "Chelsi"ning zaif nuqtalari yo'q. "Atletiko" maqsadi - o'z o'yinini o'tkazish"

Alisher
17 mar 2021, 10:20
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone CHL 1/8 final "Chelsi"ga qarshi javob (ilk o'yin - 0:1) bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Chelsi"ning hozirda bo'sh tomonlari yo'q. Tuxel qo'l ostida jamoa hali yutqazmadi - ular yutqazadimi yoki yo'q - bu katta savol.

"Chelsi" o'z uyida kuchli va yomon harakat qilmayapti.

Bizning maqsadimiz - o'z o'yinimizni o'tkazish. Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com