Diego Kosta: "Osasuna" haqqoniy ravishda g'alaba qozondi"

Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 01:07
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta "Osasuna"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:3) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Osasuna" haqqoniy ravishda g'alabaga erishdi. Raqibimiz juda katta istak bilan maydonda to'p tepdi".
 
Madrid derbisi haqida
 
"Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. Uchrashuv haqida juda ko'p o'ylayapman. Biz xuddi oxirgi o'yinimizdek harakat qilishimiz kerak. Agarda uch ochko olsak chempionlik poygasiga qaytamiz".

Narzulla SaydullayevMuallif