Diego Kosta: "Ispaniya terma jamoasi safida gol urmoqchiman"
Narzulla Saydullayev
5 sen 2014, 19:26
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta Ispaniya terma jamoasi safida gol urishni istashini ma'lum qildi.
"Ispaniya terma jamoasida gol urishni xohlayman. Jamoamiz falsafasi to'pni o'zimizda saqlab turishda. Tushunaman, bunga ko'nikishim kerak. "Chelsi"da barchasi yaxshi ketmoqda, shu bois yanada kuchayaman".