Diego Kosta faoliyatini "Zenit" yoki "Krasnodar"da davom ettirishi mumkin

Alisher
7 fev 2022, 16:04
"Chelsi" va "Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi unga "Zenit" va "Krasnodar" klublari qiziqish bildirayotganini tasdiqladi. Ammo, uning maqsadi "Fenerbaxche". Turk klubi Kostaga 2 mln evro maosh taklif qildi.

"Turkiyadagi vakillarim bilan bitimni muhokama qilgandan so'ng qaror qabul qilaman", - deydi Kosta.

33 yoshli forvard ayni damda erkin agent hisoblanadi. Kosta o'tgan mavsum "Atletiko Mineyro" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ajansspor.com