Diego Kosta "Atletiko Mineyro"ga o'tishga yaqin

Alisher
12 avg 2021, 11:30
Hujumchi Diego Kosta "Atletiko Mineyro"ga o'tishga yaqin.

32 yoshli ispaniyalik futbolchi Braziliya klubi bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Futbolchi klub bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi va 3 million dollar maosh oladi.

Diego Kosta 2021 yilning yanvarida "Atletiko"dan ketganidan beri erkin agent maqomida yuribdi. U 2020/21 yilgi mavsum Madrid jamoasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal