Dibala "Inter"ga o'tmoqchi. Argentinalik boshqa takliflarni rad etmoqda

Alisher
9 may 2022, 18:01
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Inter" bilan shartnoma imzolamoqchi va boshqa klublarning takliflarini rad etmoqda.

Odinroq, forvardga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va Dortmundning "Borussiya" klubidan qiziqish borligi aytilgan edi.

28 yoshli argentinalikning turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Inter" hujumchiga 4 yillik shartnoma va yiliga 6 million evrolik maosh taklif qilmoqda.

Dibala joriy mavsum "Yuventus" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia