Di Mariyada Braziliya, MLS va BAA klublaridan takliflar bor

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 18:57
Biroq u "Yuve"da qolmoqchi.

Anxel Di Mariya bir nechta takliflarni qabul qilib oldi.

34 yoshli vingyerda Braziliya, MLS va BAA klublaridan takliflar mavjud.  

Argentina terma jamoasi a'zosi mavsum so'ngigacha "Yuventus"da qolish istagida. Shu bilan birga, yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar mavjud emas.

Anxel Turin klubida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 1 ta golga pas uzatdi. U JCH-2022da 5 ta o'yin o'tkazib, "1+1" natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira