Di Mariya yana 1 yil Yevropada qolishni istamoqda

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2023, 09:32
Argentinalik futbolchi Anxel Di Mariya Yevropada o'ynashni davom ettirmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, u yana kamida bir yil ko'xna qitada qolmoqchi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Avvalroq "Yuve" futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

U 2007 yilda "Benfika"da Yevropadagi faoliyatini boshlagan. "Yuventus"gacha u "Real", MYU va PSJ jamoalari tarkibida o'ynadi. 

Ushbu mavsumda Di Mariya "Yuve" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia