Di Mariya MYUda 7-raqamda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014, 19:28
Manchetser Yunayted klubning yangi futbolchisi Anxel Di Mariya qaysi raqamda o'ynashini ma'lum qildi.
26 yoshli argentinalik vinger MYUda 7-raqam ostida o'ynaydi. Ushbu raqamda oldinlari Jorj Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar o'ynashgan.

Eslatib o'tamiz, Di Mariya MYU bilan 5 yillik shartnoma tuzdi va 59,7 million funt evaziga Angliyaga ko'chib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru