Di Mariya: "Messisiz Argentina terma jamoasining vazifasi doimo og'irlashadi"

Aslanov Jasurbek
12 okt 2016, 11:55
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning so'zlariga ko'ra, Lionel Messining terma jamoaga ta’siri juda katta.

Argentina terma jamoasi JCH-2018 saralash uchrashuvida Paragvayga mag'lub bo'ldi.

"Messisiz Argentina terma jamoasining vazifasi doimo og'irlashadi. U qiyin vaziyatlarda uchrashuv natijasini hal qiladi. Raqib esa birinchi imkoniyat bo'lishi bilan darvozamizni ishg'ol qildi. Ishlashda davom etishimiz kerak. Har birimiz bor kuchimizni ishga solishimiz lozim" - deydi Di Mariya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole