Di Mariya Messi haqida: "U boshqalardan farq qiladi"

Aziz Tukhtamuradov
27 noya 2021, 08:26
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya klubdagi trio - Messi, Neymar va Mbappe haqida gapirib o'tdi.

"Javob berish oson emas. Agar sizda mana shunday futbolchilar bo'lsa, birinchi ish - ularni asosiy tarkibda tushirish. Chunki ular maydonda eng zo'rlaridir. 

Ular ko'plab narsalarni yutganlar. Bu ularga qo'shimcha status beradi. Ammo Leo boshqalardan farq qiladi. U jahonning eng yaxshi futbolchisi va doimo maydonda bo'lishi kerak. 

Men esa asosiy tarkibga loyiq bo'lishim uchun 100 foiz kuchimni berishim lozim. 

Men kabi poziciyada o'ynaydigan futbolchilar bilan birga bu borada menga oson bo'lmaydi. Ammo shuning uchun ham maydonda boshqa ishlar qilishga harakat qilaman.

Murabbiy qaror chiqaradi, men esa unga qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga harakat qilaman", - dedi Di Mariya. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport