Devis "Real" oldiga shart qo'ydi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024, 12:26
"Real" Alfonso Devisning shartlarini bajarishga tayyor.

Futbolchi qishdayoq "Qirollik klubi" futbolchisiga aylanmoqchi.

Oldinroq, "Bavariya" himoyachisi "Barselona" va "Manchester Yunayted" takliflarini rad etib, Madrid klubiga rozilik bergani e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Devis "Real"ga bir qator shartlarini e'lon qildi, "Real" esa ularni bajarishga tayyor. Tomonlar o'zaro kelishuvni rasmiylashtirishi uchun 2025 yilning 2 yanvarini kutish kerak.

Futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigcha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca