Devid Moyes: “Yanuzay “MYU”da qolishni istayapti, biroq uning atrofidagilar unga salbiy ta’sir ko'rsatishayapti”

Omonjon To`xtamirzayev
14 okt 2013, 10:06
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes, klub yarim himoyachisi Adnan Yanuzay jamoani tark etishni istamayotganligini aytib o'tdi.

“Yanuzay “MYU”da qolishni istayapti, biroq uning atrofidagilar unga salbiy ta’sir ko'rsatishayapti. Biz unga ishonamiz.

U Manchester Yunayted” o'yinchisi va o'ylaymanki keyinchalik ham shunday bo'lib qoladi. Fikrimcha klub yosh futbolchilarni yaxshi tarbiyalay oladi va ularning o'sishiga imkoniyat beradi.

Endi Adnan asosiy tarkibning doimiy o'yinchisiga aylanishi kerak”, - deydi Moyes.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru