Devid Bekxem “PSJ”ni “Real”dan ustunroq qo'ydi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018
“Real” va “PSJ” klublarining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan ikki klubning o'zaro uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

“Real”ga oson bo'lmaydi. Boisi, bugungi kunda “PSJ” juda yaxshi sport formasida. Masalan, bunday muhim o'yinlarda “Real” yulduzi Krishtianu Ronalduning katta sahnaga chiqib, xarakter ko'rsatishi talab etiladi. 

Qaysi jamoaga muxlislik qilaman? Bu savolga javob berish mushkul. Chunki, ikkala klub safida ham o'ynaganman. Madridda 4 yil to'p tepdim. To'g'ri, “PSJ” libosida ko'p o'ynamadim, lekin Fransiya chempioni bo'lish yoqimliroq edi”, – dedi Bekxem.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: