Devid Bekxem: "Fergyusonning jahon darajasidagi futbolchilar haqidagi gaplaridan xafa emasman"

Aslanov Jasurbek
25 sen 2015, 11:10
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem o'zi va ingliz klubi haqidagi savollarga javob berdi.

- Aleks Fergyusonning takidlashicha, uning qo'l ostidagi "Manchester Yunayted"da faqat to'rt nafar jahon darajasidagi futbolchi o'ynagan - Kantona, Giggz, Skoulz va Ronaldu. Bu gaplardan xafa emasmisiz?

- Yo'q. Men barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi qo'l ostida o'ynaganman. Bunday futbolchilar bilan o'ynaganim omadimdir. Shu sababli, murabbiyning fikriga qo'shilaman. Faqat bir necha kishini jahon darajasidagi futbolchi deyish mumkin.

- Siz o'zingizni Ronaldudan yaxshiroqman deb hisoblamaysizmi?

- Yo'q. Men braziliyalik Ronaldo bilan bir jamoada o'ynaganman, Ronalduga qarshi bahsda ham qatnashganman. "Manchester Yunayted" futbolchisi sifatida jamoaning muvaffaqiyatlaridan g'ururlanganman" - deydi Bekxem.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru