Dest Germaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
30 mar 2023
"Barselona" futbolchisi Serjino Dest faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

Amerikalik futbolchiga "Union" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Ammo buning uchun u maoshining pasayishiga rozi bo'lishi kerak. Berlinliklar himoyachi uchun yiliga 4 million evro to'lay olishmaydi. 

Destga shuningdek "Atletiko", "Vilyarreal", "Sevilya", "Valensiya", "Lion" va APLning bir necha jamoasidan qiziqish bor. 

Bu mavsumda Dest ijara asosida "Milan"da o'ynamoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: 90min