Dest "Barsa"ga transferni yakunlash uchun Ispaniyaga keldi

Alisher
30 sen 2020
"Ayaks" himoyachisi Serjino Dest tez orada rasman "Barselona" o'yinchisiga aylanadi.

19 yoshli AQSH terma jamoasi o'yinchisi transferni yakunlash uchun Kataloniya poytaxtiga tashrif buyurdi.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" futbolchi uchun 22-23 mln evro+bonuslar to'laydi, Destning o'zi esa klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchining oldida "Bavariya" varianti ham bor edi, ammo futbolchi Ispaniyada to'p tepishni afzal ko'rdi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Alfremartinezz