Desham: "Kilian Mbappe robot yoki supermen emas"

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024
Dide Desham Kilian Mbappening sport formasi haqida gapirdi.

"Tarkibda Mbappe bo'lsa, Fransiya terma jamoasiga osonroq bo'ladi.

Tajribamdan ayta olamanki, terma jamoaga chaqiruv – bu ko'plab futbolchilarga foydali bo'ladigan "tanaffus". Men u bilan gaplashdim – Kilian o'zini yaxshi his qilmoqda.

Ha, u eng yaxshi sport formasida emas, lekin u robot yoki supermen emasligini ham unutmang. U kabi futbolchilardan talab doim yuqori bo'ladi.

U maydonda va uning tashqarisida bo'layotgan ishlarni juda yaxshi tahlil qila oladi. Biroq charchoq o'z so'zini aytishi mumkin", – dedi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal