
Ekvadorga qarshi uchrashuvda ko'rsatgan o'yinimizdan ko'nglim to'ldi. Lekin biz bundanda yaxshiroq o'ynay olamiz. Nigeriyaga qarshi o'yinda sifatli va jamoaviy o'yin ko'rsatishimiz kerak. Shuningdek imkon qadar barcha futbolchilarga o'yin amaliyotini taqdim etishimiz zarur. Futbolchilar kerakli paytda jamoamizga yordam berishlari uchun bu juda muhim.