Desham: "APL va La Liga pulni o'yladi"

Alisher
27 may 2020
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Angliya va Ispaniya futbol rahbarlarining mavsumni davom ettirish haqidagi qarorini qoraladi.

Deshamning fikriga ko'ra, bu qaror pul sababli qabul qilingan.

"Angliya va Ispaniyada qabul qilingan qarorlarga qarang. Bu ikki yirik futbol davlatlari Premer-liga va La Ligani davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Ammo, ular ayollar futbolini davom ettirishmaydi, sababi undan keladigan daromad pastroq. Bu esa barchasidan dalolat beradi", - deydi Desham.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com