Depay APLning qator klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2022, 20:04
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay APLning qator klublarining transfer maqsadiga aylandi.

Gap "Arsenal", "Nyukasl" va "Everton" haqida ketmoqda.

"Kanonirlar" o'yinchini Aleksandr Lyakazettga va Edvard Nketiyaga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Bu futbolchilar yozda jamoani tark etish ehtimoli yuqori.

Avvalroq "Barselona" Depayni sotib yuborish niyatidaligi haqida aytilgandi.

La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun