Deniel Jeymsning akasi ukasining APLdagi muvaffaqiyatli debyutidan so'ng undan uzr so'radi

Alisher
13 avg 2019, 14:38
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Deniel Jeymsning akasi ukasidan so'radi.

Akasi unga ishonmaganligi sababli, Denielni o'zining Premer-liga fentezi-jamoasiga kiritmagan edi.

"Qizil iblislar"ning "Chelsi" (4:0)ga qarshi o'yinida Jeyms 74-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. 8 daqiqa o'tib esa raqib darvozasiga gol urdi.

O'yindan so'ng Denielning akasi Aleks ukasini fentezi-jamoasiga qo'shganini tan oldi, ammo Jeyms bu jamoada zaxirada edi.

- Ukamni zaxiraga qo'yganimda, u maydonga chiqdi va gol urdi. Kechir, mavsumning qolgan baxslarida senga ko'proq ishonch bildiraman, - deydi Denielning akasi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/jamese23