Demikelis va Kloze "Bavariya"ning ikki yosh toifasidagi jamoalarini boshqarishadi
27 iyun 2019, 21:40
"Bavariya" kelasi mavsumda ikkita yosh toifasidagi jamoasini kimlar boshqarishini aniqlab oldi.
Jamoaning rasmiy sayti ma'lum qilishicha, myunxenliklarning U-19 klubini "Bavariya"ning sobiq himoyachisi Martin Demikelis boshqaradi. Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze U-17dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.