

"Yo'q, PSJ - mening orzuim emas. Bu ko'plab fransiyalik futbolchilarning istagi, ammo men "Renn"da o'zimni yaxshi his qilyapman. Ishlashda davom etish lozim. Buyuk futbolchiga aylanishimni bilmayman, ammo mashg'ulotlarda ko'p ter to'kishim lozim. "Renn" bilan shartnomam yana 3 yil amalda.
Menga "Real"dan ko'ra "Barselona" ko'proq yoqadi" - deydi Dembele.
Hujumchi joriy mavsumda Fransiya chempionatining 24 uchrashuvida maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.



