Dembele mashg'ulot maydonini tark etmayapti

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 13:37
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele mashg'ulotlarda hammadan ko'p ter to'kmoqda.

Terma jamoalar tanaffusi paytida fransiyalik forvard, Rafinya Alkantara va Luis Suaresga bir kunlik dam taqdim etilgan edi. Biroq Dembele o'sha kuni ham mashg'ulot o'tkazishga qaror qildi.

Futbolchi "Manchester Yunayted"ga qarshi "Old Trafford"da bo'ladigan bahsda 100% tayyor bo'lishi uchun jismoniy holatini tiklashga urinmoqda. Futbolchi fizioterapevt Linda bilan ishlayapti va davolanish tezroq yakunlashga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net