

Fransiyalik futbolchi 70-daqiqada Filippe Koutino o'rniga maydonga tushdi. Biroq birozdan so'ng Dembele oyog'ida og'riq his qildi. Shunga qaramay Usmon bahsni yakunlay oldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik katta ehtimol bilan sonining yuqori qismini shikastlab olgan va u 2 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Dembele bugun, 14 mart kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Barselona" shifokorlari test natijasi bo'yicha futbolchi maydonga qaytadigan sanani e'lon qilishadi.



