Dembele ham Saudiya Arabistoni klubida o'ynaydi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 18:46
Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubi ham tarkibini raqobatbardosh darajaga olib kelmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" va "Lion" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Mussa Dembele erkin agent sifatida Saudiya Arabistoni klubiga ko'chib o'tadi.

Ayni damda tomonlar shartnoma bandlarini kelishishmoqda.

Oldinroq aytilganidek, "Al Ittifoq" "Liverpul" futbolchisi Jordan Xendersonni tarkibiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano