Del Peroning fikricha, Ronaldu “Yuventus”ga YCHL g'olibligini taqdim etadi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2019, 00:56
“Yuventus”ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero turinliklarning YCHLdagi ishtiroki to'g'risida gapirdi.

“O'ylashimcha, “Yuventus" chempionlar ligasini qo'lga kiritadi. Jamoa mazkur musoboqaning so'nggi 4 mavsumida 2 bora finalga chiqdi. Shuningdek, Italiyada ular ketma-ket 7ta titulni qo'lga kiritishdi. Bu “Yuventus” o'zgacha tarix yaratmoqda. “Yuventus” joriy mavsum CHLda g'olib bo'lmasa omadsizlik bo'ladimi? Men bunday demagan bo'lardim. Turinlikni chempionlikka Ronaldu olib kelishi kerak. Rahbariyat u bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Shunday ekan hali ko'p vaqt bor. Biroq, eng yaxshisi bu chempionlar ligasi titulini ilk mavsumdayoq sohibiga aylanish.” – deydi Del Pero.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca