Del Pero Messining "Barselona"dan ketganligidan shokda

Alisher
6 avg 2021
"Yuventus" afsonasi Alessandro del Pero Lionel Messining "Barselona"dan kyetishi borasidagi yangilikka munosabat bildirdi.

"Bu xabar meni shokka tushirib qo'ydi. Barcha Leoning faoliyatini Kataloniya jamoasida yakunlashini xohlardi.

Barchasi yangi shartnomaga qarab ketayotgandi, ammo yo'llar ayrildi. Balki, bu ikki tomon uchun ham yaxshidir", - deydi del Pero.

Eslatib o'tamiz, Messining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia