Dekabr boshidan beri maydonga tushmagan "Barselona" himoyachisi mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2018, 17:43
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti jarohatidan qutildi va umumiy guruhda ishlamoqda.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi dekabr boshidan jarohat olgan edi.

Hujumchi Pako Alkaser ham mashg'ulotlarga qaytdi, biroq u hozircha Tomas Vermalen va Xordi Albalar bilan individual programma asosida shug'ullandi.

"Barselona"ning LaLigadagi navbatdagi bahsi 14 yanvar kuni "Real Sosedad"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia