Defo "Tottenxem"ga qaytdi

Alisher
12 avg 2022
"Tottenxem" sobiq hujumchisi Jermeyn Defo London klubiga qaytdi.

"Shporlar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 39 yoshli angliyalik akademiya murabbiylar shtabini to'ldirdi.

Sobiq hujumchi shuningdek "Tottenxem" elchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Defo o'yinchilik faoliyatini 2022 yilning martida "Sanderlend" tarkibida yakunlagan edi.

U faoliyatining katta qismini London klubida o'tkazdi. U "shporlar" safida 363ta o'yinda 143ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com