

Niderlandiyalik faqatgina ikki klubga o'tishga tayyor.
Frenki "Manchester Yunayted" taklifiga rad javobini berib bo'ldi. O'yinchi faqatgina "Bavariya" yoki "Chelsi"ning taklifini ko'rib chiqishga tayyor.
Niderlandiyalikning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi. De Yong haftasiga 560 ming evro olgan holda, "Barsa"da eng katta maosh oladigan o'yinchisi hisoblanadi.



