De Xea jamoadoshlaridan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019, 11:47
"Manchester Yunayted" posboni David de Xea "Barselona"ga qarshi bahsdan keyin kiyinish xonasida Lionel Messidan gol o'tkazib yuborgani uchun kechirim so'radi.

Argentinalik futbolchi o'ng oyog'i bilan kuchli bo'lmagan zarba berdi, posbon esa qo'liga kelayotgan to'pni o'tkazib yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, De Xea o'sha vaziyatda hech bir jamoadoshini ayblamadi va barchadan kechirim so'radi.

Bahs 3:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi va "Barselona" keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun