De Ligt APL klubi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
7 iyul 2024
"Bavariya" va Niderlandiya terma terma jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt "Manchester Yunayted" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchi bilan bitim borasida muvaffaqiyatga erishdi. De Ligt o'z agentiga "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlayotganini ma'lum qilgan. Klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.

De Ligt o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'yinchining "Bavariya" bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano