

"Biz bankdan qarzi yo'q bo'lgan A Seriyaning yagona klubimiz. Klubni qabul qilganimdan so'ng, katta o'sishga erishdik. Bugungi kunda "Napoli"ning daromadi "Yuventus"nikidan uch marta kam, ammo hisob raqamlarimiz ularnikidan yaxshi holatda.
"Yuventus" Italiyaning eng obro'li oilasiga tegishli. Anelli oilasi 100 yildan beri bu poziciyani egallab turadi. Bu yerda gap pulda emas, aloqalarda, aynan shu jihat tufayli muammolar hal qilinadi. Bu barcha darajada ishlaydi.
"Yuventus" va "Napoli" o'rtasidagi bahs chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi deb o'ylamayman. Jarohatlar va hakamlik xatolarining ta’siri kattaroq bo'ladi" - deydi De Laurentis.



