De Bryuyneni Madrid varianti qiziqtirmoqda

26 mar 2020, 22:55
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Sportmagazine" xabariga ko'ra, 28 yoshli xavbek "Real"ga o'tish haqida o'ylamoqda. Belgiyalik futbolchi "shaharliklar"ning evrokuboklar uchun 2 yillik diskvalifikaciyasi bekor qilinmasa, "Manchester Siti"ni tark etadi.

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 26 o'yin o'tkazgan De Bryuyne 8ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportmagazine