De Bryuyne yangi klub topdi: bu "Siti"ga yoqmaydi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne qariyb o'n yil davomida o'zining uyidek bo'lib qolgan klub bilan xayrlashishga yaqinlashmoqda.

"Shaharliklar" bilan xayrlashish qarori qabul qilingan bo'lsa-da, belgiyalik futbolchi hali yangi klubi borasida qaror qabul qilmagan. Biroq variantlardan biri ko'pchilikni hayratda qoldiradi.

Ma'lum bo'lishicha, De Bryuynening xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kevinning o'zi ehtimoliy o'tish haqida xabardor ekanligi va boshqa takliflar qatorida buni ham ko'rib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi:

"Ochig'ini aytganda, hozircha qaerga borishimni bilmayman. "Siti"dan kyetish qarori yaqindagina qabul qilindi.

Men manfaatdor tomonlar bilan suhbatlashib, o'z jamoasida haqiqatan ham ko'rishni xohlaydiganlarni aniqlashim kerak bo'ladi", – dedi u.

Mavsumning birinchi yarmidagi jarohatlarga qaramay, 33 yoshli De Bryuyne "Siti" uchun 33 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urish va 8 ta golli uzatma berishga ulgurdi. Uning tajribasi, maydonni ko'ra bilishi va yetakchilik xislatlari hamon yuqori darajadagi klublarning e'tiborini tortmoqda.

Agar "Arsenal"ga o'tishi amalga oshsa, belgiyalik futbolchi nafaqat Angliyada qoladi, balki "shaharliklar"ning asosiy raqobatchilaridan birini yanada kuchaytiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Transfers