De Bryuyne: "Lukaku - Messi emas, biroq..."

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2017, 18:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne hamyurti Romelu Lukakuni "Everton"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Lukaku "Manchester Yunayted"ga mos tushadi. Hamma uning maydondagi sifatlari haqida yaxshi biladi, u o'z vazifasini bajaradi. Uni Messi bilan solishtirib bo'lmaydi. Lukaku jismonan juda kuchli futbolchi. U MYU safida 20-25da gol urishi mumkin va u haqida kelasi mavsum uning statistikasi gapirib turadi" - deydi De Bryuyne.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian