Daxshatli narxlar. "Barselona" muxlislarga futbolkalarni tarixdagi eng qimmat narxlarda sotmoqda

Khoja
6 sen 2024, 08:58
"Barselona" klubi rasmiy saytida jamoaning yangi mehmon libos futbolkani 114,99 evrodan sotmoqda.

Bundan tashqari, agar Kataloniya klubi muxlisi futbolkasiga o'z ismi va raqamini yozmoqchi bo'lsa, 184,99 evro to'lashi kerak bo'ladi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, bu narxlar klub tarixidagi eng qimmati hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" joriy mavsum La Ligani ajoyib tarzda boshladi. Jamoa dastlabki 4 ta turning barchasida g'alaba qozondi va hozirda musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com