

Unda Dinamo jamoasining mavsumni qoniqarli natijalar bilan boshlay olmagani takidlandi. Shu bois klub murabbiylar shtabida o'zgarish qilindi. O'z vaqtida Dinamo jamoasida to'p surgan sobiq futbolchi, o'tgan mavsum Jizzaxning So'g'diyona klubida faoliyat yuritgan Davron Fayziev Dinamo bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Klubda Ilhom Sharipov bosh menejer sifatida faoliyat yuritsa, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan bosh murabbiyga yordam berishadi.
Davron Fayziev bugun Dinamo - Xorazm uchrashuvida jamoani boshlab tushadi.



