Davron Fayziev: "Yangi mavsumda ham jamoa bilan birga bo'laman"

Narzulla Saydullayev
16 dek 2014, 07:20
Davron Fayziev So'g'diyonani tark etgan va yangi mavsumda jamoani boshqa bosh murabbiy boshqarishi haqidagi xabar rad etildi.
Klub matbuot xizmati bosh murabbiy bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritdi:

- Bunday asossiz xabarlar kimga kerak? Xalqni chalg'itishmasmi? Rostini aytsam bu xabardan o'zim ham hayron qoldim! Men "So'g'diyona" bilan birgaman. Yangi mavsumda ham jamoa bilan birga bo'laman. Hozirda kelajakdagi rejalar ustida ishlayapmiz. Jamoada bir necha yillik, bosqichma-bosqich reja asosida ishlar olib borilayapti. Men jamoanii yarim yo'lda tashlab ketish niyatim yo'q - deydi Davron Fayziev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz