Davron Choriev: "Chernogoriya kuchsiz emas, shunchaki murabbiyimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajardik"

Sherzod Nurmatov
3 fev 2022, 21:50
Yaqinda Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Xorvatiyada tashkil qilingan xalqaro turnirda ishtirok etib qaytdi.

Fransiyaga qarshi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgan vakillarimiz, Chernogoriyani 8:1 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu musobaqa borasida terma jamoamiz yetakchisi Davron Choriev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Fransiya har tomonlama shakllangan jamoa ekanligi ko'rinib turdi. O'yinchilari texnik va jismoniy jihatdan yaxshi harakat qilishdi. Biz esa o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olganimiz yo'q.

Chernogoriya bilan yirik g'alaba raqibning kuchsizligini emas, shunchaki murabbiyimizning ko'rsatmasini to'g'ri bajarganimizni anglatadi. Musobaqada tashkilotchilik Yevropaga xos darajada yuqori bo'ldi, deb o'ylayman. Barcha sharoitlar yaratib berildi. 

Albatta, xatolarimiz bor. Ularning ustida ishlashda davom etamiz. Qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman", – deydi Davron Choriev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia