Davron Anvarov: "Olimpik" Superligada yaxshi o'rinlar uchun kurashadi"

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021
Kun qaxramonlarining fikrlarini e'tiboringizga havola etishda davom etamiz.

Ikkinchi davrada "Olimpik"ga kelib qo'shilgan Davron Anvarovning fikrlari bilan tanishamiz.

"Mashal" jamoasini juda yaxshi o'rganib chiqqan edik. Murabbiylar raqib haqida: kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi tushuntirishgandi. O'ylaymanki, Superligada yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz. Jamoaga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan bo'lsam-da, yaxshi o'sishga erisha oldim. "Olimpik" bu – bir oila. Mamurlardan tortib, murabbiylargacha bir yoqadan bosh chiqara oldi. Taassurotlar ajoyib", – deydi Davron Anvarov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia