David Vilya: Ispaniya terma jamoasiga qaytsam orzum ushaladi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2016
Nyu-York Siti hujumchisi David Vilya Ispaniya terma jamoasiga qaytishni orzu qilayotganini ma'lum qildi.
Keyingi o'yinlarda qatnashadigan futbolchilar nomi juma kuni e'lon qilinadi. Unda bo'lishga umid qilaman. Shunda orzum ushaladi, – deydi Vilya.

Barselona sobiq hujumchisi JCH-2014dan so'ng terma jamoada o'ynamadi. MLS ligasida 33ta o'yinda Vilya 23ta gol urdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com