David Silvaga javob berildi

Mirjalol Normatov
24 mar 2018, 17:55
Ispaniya termasi yarim himoyachisi David Silva milliy jamoa qarorgohini tark etdi.

Bu haqda jamoa rasmiy tvitteri xabar bermoqda. Ma'lumotga ko'ra, u shaxsiy muammolari sababli ketishni so'ragan. Ammo uning 27 mart kuni Argentina termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishiga aniqlik kiritilmagan.

Oldinroq uning farzandi hayot uchun kurashayotgani bois "Manchester Siti" lagerini ham tark etishga majbur bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com