David Silva "Siti" tarixiga kirdi

15 yanv 2019, 01:19
Ispaniyalik yarim himoyachi Silva "Manchester Siti" klubida to'p tepayotgan tajribali o'yinchilardan biri sanaladi.

8 yanvar kuni 33 yoshga to'lgan David Silva bugun "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda harakat qilmoqda. Bu uning "shaharliklar" tarkibidagi 267-uchrashuvi hisoblanadi. Shu tariqa, David Silvadan boshqa hech kim APLning shuncha bahsida "Manchester Siti" sharafini himoya qilmagan.

Ma'lumot uchun, ispaniyalik xavbek 2010 yildan beri jamoa safida harakat qilib kelmoqda (267 uchrashuv, 54ta gol va 82ta assist).

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/brfootball